Yoʻqlov chinakam bayramga aylandi
Bugungi kunda Navoiy viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni 15 nafarni tashkil etadi. Umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaning 76 yilligi munosabati bilan Navbahor tumanidagi Qalqonota mahallasi Oqtosh koʻchasi, 10-uyda umrguzaronlik qilayotgan urush faxriysi Haydar bobo Hasanov hamda Nurota tumani Istiqlol mahallasi 118-uyda istiqomat qiluvchi Murod bobo Mavlonov xonadoniga viloyat Jamoat Fondi, Qizil yarim oy jamiyati viloyat boʻlimi, bir qator NNT vakillari tomonidan yoʻqlov uyushtirilib, hurmat-ehtirom koʻrsatildi.
Xalq deputatlari viloyat kengashi huzuridagi jamoat fondi direktori Hamid Jumayev yoʻqlaganlar barchasi urush faxriylari Haydar bobo va Murod bobo bilan dildan suhbatlashdi. Ularning vatanimiz tinchligi, yurtimiz obodligi uchun jang maydonlarida koʻrsatgan jasoratini eʼtirof etishdi. Urush faxriylariga sovgʻa-salomlar, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari topshirildi.
Tashrif chogʻida rus miliy markazi ijodiy vakillari gʻalaba bayrami qoʻshiqlaridan ijro etishdi. Ushbu yoʻqlov chinakam bayramga aylanib ketdi.
Haydar bobo va Murod bobo Yurtboshimiz tomonidan koʻrsatilayotgan katta gʻamxoʻrlik va eʼtibor, yaratilgan shart-sharoitlar uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, Yaratgandan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tilab duoga qoʻl ochdi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Unutmoq osonmas sizlarni!
IKKINCHI JAHON URUSHIDA FAQATGINA AYOLLARDAN IBORAT BO‘LGAN AVIATSIYA BO‘LIMI YOXUD “TUNGI JODUGARLAR”
Tabrik
Davlat grаnti uchun tanlov
NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Izohlar (0)