Shavkat Mirziyoyev sobiq Mudofaa vazirini nega ishdan olgani haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida uchrashuv oʻtkazdi.
Davlat rahbari uchrashuv davomida sobiq Mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni nega ishdan olgani haqida gapirdi. Berdiyev 2017-yilda lavozimidan ozod etilgan.
Prezident boʻlganimning birinchi yilida harbiy qismlarining biriga bordim. Desantchi harbiy yil davomida necha marotaba parashyutdan sakrading deb berilgan savolga parashyut yoʻqligi sabab biron marta sakramaganligini aytdi. Ular bu boʻyicha oʻquvlarni tez-tezdan oʻtkazib turishi kerak. Bu uyat edi. Kattaqoʻrgʻondagi harbiy qismda esa tank haydashni bilmaydigan mexaniklar bor edi. Shundan soʻng vazirni ishdan oldim. Bu oʻz natijasini berdi. Yaqinda ARMI-2021 konkursida 42 davlat orasida 2 oʻrinni qoʻlga kiritdik, – deydi Prezident.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Shavkat Mirziyoyev: “jurnalistlar mening quroldoshlarim”
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Yoshlari bilan uchrashuv
Prezident hududlarga tashrifi paytidagi ko‘zbo‘yamachiliklar haqida gapirdi
“Hali xursand emasman!” - Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston — Amerika aloqalari ijobiy oʻsish surʼatlarda
Izohlar (0)