Oʻzbekiston — Amerika aloqalari ijobiy oʻsish surʼatlarda

Uchrashuv chogʻida Pentagon rahbari vazir Abdulaziz Komilovni Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi.
Muzokaralarda mudofaa yoʻnalishidagi, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Turli darajalar va yoʻnalishlardagi muntazam muloqot sababli soʻnggi yillarda Oʻzbekiston — Amerika aloqalari ijobiy oʻsish surʼatlarini kasb etayotganligi, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afgʻonistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarning Oʻzbekiston tomonidan koʻp yillardan buyon qoʻllab-quvvatlanayotganligini olqishladi hamda ushbu mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyasiga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Rossiya Oʻzbekiston “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadigan kompaniyani tanlashini kutmoqda

Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi

14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar bilan bogʻliq holat boʻyicha munosabat

Yoshlari bilan uchrashuv

Xitoy AQSHning dunyodagi mavqeiga qarshi chiqmoqchi emas

Muhim uchrashuv
Izohlar (0)