Yoshlari bilan uchrashuv
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Jamshid Musurmonov Navoiy viloyati Nurota tumani yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Qoʻmondon oʻrinbosari polkovnik Jamshid Musurmonov yurtimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni harbiy xizmatga qiziqtirish borasida qilinayotgan ishlar haqida gapirib, bugungi kunda Oʻzbekiston armiyasining jangovar salohiyati sezilarli darajada oshganligini aniq misollar vositasida tushuntirib oʻtdi.
Bundan tashqari harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir hukumatimiz qarorlarini yetkazdi. Shuningdek, Respublikamizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida ham toʻxtaldi.
– Ushbu tadbir menda juda katta qiziqish uygʻotdi va harbiy sohaga intilishim, Vatan posbonidek sharafli kasbga boʻlgan ishtiyoqim yanada ortdi, harbiy xizmatchi qanday sifatlarga ega boʻlishi va xizmatga kirish uchun qayerga murojaat etishim lozimligi borasida bergan savolimga yetarlicha javob oldim, – deydi Nurota shahri yoshlar agentligi kengashi aʼzosi Saida Komilova.
Tadbir davomida tashkil etilgan qurol-aslahalar, harbiy texnikalar va harbiy kiyim-kechaklar koʻrgazmasi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Biatlon” Kubogi gʻoliblari aniqlandi
Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Mergan ayol
Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
Dunyoga keng nigoh bilan
Izohlar (0)