Prezident tashrifi ziyoratdan boshlandi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish hamda davlat rahbari sifatida bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida bugun, 11-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.
Davlat rahbari, avvalo, Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi.Bu qadamjo uzoq yillar eʻtibordan chetda qolib ketgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan alloma maqbarasi obod va ulkan ziyoratgohga aylantirildi. Davlat rahbari ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Prezident yangi masjid va muzeyni kirib koʻrdi. Muzeyda Abu Muin Nasafiyning hayoti va asarlari multimedia vositalari orqali aks ettirilgan. Bu yerda qadimgi Samarqand qogʻoziga bitilgan Qurʻoni karimning asl nusxasi, matoga toʻqib yozilgan muqaddas oyatlar ham saqlanmoqda.
Shavkat Mirziyoyev alloma asarlari bugungi kunda ham dolzarbligini, ularning magʻzini xalqqa, yoshlarga etkazish kerakligini taʻkidladi. Shu maqsadda Qarshi davlat universiteti qoshida Abu Muin Nasafiy nomida ilmiy markaz tashkil etish taklifini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O’zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan
Shavkat Mirziyoyev: “jurnalistlar mening quroldoshlarim”
“Hali xursand emasman!” - Shavkat Mirziyoyev
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Shavkat Mirziyoyev sobiq Mudofaa vazirini nega ishdan olgani haqida gapirdi
Izohlar (0)