Endi ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar beriladi

Qarorda keltirilishicha, 2021-yil 1-martdan ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy etilishi belgilandi. Bir viloyatda boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz, boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.
Ta’lim sifati past maktablar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanib joriy yilning 15-fevralgacha, kelgusi yillarda esa har yili 1-sentyabrgacha Xalq ta’limi vazirligi veb-saytida e’lon qilinib boriladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim sifati past maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.
Olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumotlar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari veb-saytlarida joylashtirib borilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Yil boshidan e’tiboran sohasini isloh etishga qaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

UY VAZIFASI QACHON PAYDO BO‘LGAN?

«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»

"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA

Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi

QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI

O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Izohlar (0)