9,1 milliard soʻmlik noqonuniy tovarlar ushlandi

Qayd etilishicha, Toshkentdagi “Chuqursoy” bojxona postida MCHJlardan birining nomiga xorijdan temir yoʻl konteynerida keltirilgan yuklar bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, konteynerdagi yuklar orasida yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan umumiy qiymati 9,1 milliard soʻm boʻlgan 5 ming 300 dona soyabonlar, 251 mingdan ziyod fonar, 3,5 mln dona bolalar uchun sharlar hamda 10 ming 900 dona chiroqlar borligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ularni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish orqali yuk egalari davlat byudjetiga undirilishi lozim boʻlgan 2,8 milliard soʻmlik bojxona toʻlovlarini “tejamoqchi” boʻlishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Bojxona to’lovlaridan qochishning oqibati…

Hujjatlarda ko’rsatilmagan tovarlar aniqlandi

Poyezd gʻildiraklari orasidagi “Tramadol”

701 mln. soʻmlik tovarlar fosh boʻldi

Andijonda 4 mlrd. so’mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

405,9 millon so’mlik noqonuniy telefonlarning aylanmasiga chek qo’yildi
Izohlar (0)