Hokimlik binosining tomi uchib ketdi
4-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab esgan changli shamol va qum bo‘roni oqibatida Buxoro viloyati Peshku tumani hokimligi binosining tomi uchib ketdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Hokimlik vakiliga tegishli bo‘lgan «Nexia» avtomashinasiga bo‘ron vaqtida qattiq jismlarning urilishi sabab jiddiy zarar yetgan.
Tuman hokimi Vahobjon Qahhorovning aytishicha, shift hokimlik binosidan 20 metrcha naridagi yo‘l yoqasiga borib tushgan.
Kecha taxminan soat 17:00 lar atrofida hokimlik binosiga o‘z muammolarini hal qilish uchun kelayotgan odamlarning ko‘z o‘ngida kuchli qumbo‘ron sodir bo‘ldi. Oqibatda, binoning tom qismida vahimali ko‘chish yuzaga kelib, uchib ketgan.
Aniqlanishicha, tuman hokimligi binosi oldidagi usti yopiq aholi dam olish o‘rindiqlariga ham jiddiy shikast yetgan. Yoritgichlar sinib, binoga elektr energiyasi yetkazib beruvchi barcha simlar yaroqsiz holga kelgan.
Bundan tashqari, tuman soliq idorasi binosi shifti ham qumbo‘ronda qo‘porilib ko‘chib tushgan. Bir nechta aholi yashash uylarining shiftlari ko‘chgan, ko‘ngilsiz oqibatlardan ehtiyotlanish uchun qator manzillarni elektr energiyasidan uzib qo‘yishga to‘g‘ri kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida binolarning tomi qulab tushdi
Sud binosining tomi nega qulab tushdi?
Cho’ponlarning qarori
Mingbuloqda kuchli shamol tufayli xonadonlarning tomlari uchib tushdi
100 mingta murojaatni hokimlik o’z kuchi bilan hal qilish imkoni mavjud
Navoiy viloyati hokimi 22 nafar o’qituvchini 4,9 mln pul bilan taqdirladi
Izohlar (0)