100 mingta murojaatni hokimlik o’z kuchi bilan hal qilish imkoni mavjud
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishidan:
Oʻtgan 6 oyda Xalq qabulxonalariga bandlik va tadbirkorlik masalalari boʻyicha kelib tushgan 100 mingta murojaatni toʻliq hokimlik kuchi bilan hal qilish imkoni mavjud.
Misol uchun, Pastdargʻomda tashkil etilgan Mahallabay ishlash markazi 117 ta mahallada xatlov oʻtkazib, 4 ming nafar ishsiz boʻlgan fuqarolarni aniqlagan va ularni kasb va tadbirkorlikka oʻqitish, biznes loyihalarini tayyorlash, kredit va subsidiya olishga koʻmaklashish orqali 3,3 ming nafarini band qilgan. Natijada, bugungi kunda aholi bandligini taʼminlash darajasi Pastdargʻomda 85 foizni tashkil etmoqda.
Yoki, bu borada Andijonda ham oʻziga xos yangi tajriba yaratildi. Jumladan, Andijon viloyatida ikki oy ichida 169 ta mahallada 30 mingta xonadon aʼzolarining bandligi taʼminlandi.
Bunday tashabbuslarni har bir viloyat, tuman va shahar hokimi koʻtarib chiqishi, bu orqali xalqni rozi qilishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Investitsiya va eksport sohalaridagi natijadorlik bugungi kun talabiga mosmi?
Davlat grаnti uchun tanlov
Nega Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti?
Ishsiz yoshlarga imtiyozli kredit
Izohlar (0)