Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida binolarning tomi qulab tushdi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 18-mart, payshanba kuni kuchli shamol oqibatida bank binosi va uylarning tomi qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, “Xalq banki” Boyovut tumani filiali binosining tom qismi qoʻporilib tushishi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Shamolning anomal oʻzgarishi oqibatida 2021-yil 18-mart kuni soat 9:20 atrofida Xalq bankining Boyovut shaharchasida joylashgan filiali binosini tom qismi qoʻporilib tushdi.
Bu vaqtda bank ishchi-xizmatchilari binoning ichki qismida boʻlgan. Qoʻporilgan tom binoning janubi-gʻarbiy qismidagi, odatda, fuqarolar boʻlmaydigan qismiga tushgan. Voqea joyiga soat 9:30 larda Favqulodda vaziyat vazirligi Boyovut tumani boʻlimi mutaxassislari yetib kelgan va hozirda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Qayd etilishicha, Xalq banki tuman filiali binosining tom qismi qoʻporilib tushishi oqibatida Boyovut tumanidagi “Doston” podstansiyasidan “T.Latipov” fideri orqali Sohil, Beruniy, Uchturgona va Alisher Navoiy mahallalariga yoʻnaltirilgan tarmoq elektr energiya uzatishdan vaqtincha uzildi.
Ayni vaqtda Boyovut tumani elektr taʼminoti korxonasining avariya-tiklash brigadasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf qilinmoqda. Undan tashqari daraxatning shamol taʼsirida qulashi natijasida Madaniyat, Uchturgon va Olmazor mahallalarini elektr energiya bilan taʼminlovchi “Taraqqiyot” fiderida ham elektr energiya uzatish vaqtincha toʻxtatildi. Yuzaga kelgan noqulayliklar soat 15:00 ga qadar bartaraf etilishi maʼlum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Sud binosining tomi nega qulab tushdi?
Mingbuloqda kuchli shamol tufayli xonadonlarning tomlari uchib tushdi
Devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok boʻldi
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi
Izohlar (0)