Plastik kartadan 1 mlrd so’m oʿgʿirlandi

Yakkasaroy tumanida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.U. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, «S-D.» MChJ rahbari A.ning hisobida 2 mlrd so‘m bo‘lgan plastik kartasini olib, pul mablag‘ini naqdlashtirib, shundan A.ga 1 mlrd so‘mini qaytarib, qolgan mablag‘ini qaytarmasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)