MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.F.” MCHJ mansabdor shaxslari fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga lizing shartnomasi asosida avtotransport vositalarini olib berishni vaʼda qiladi.
jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
2020-yilning yanavr-may oylarida 14 nafar fuqarodan boshlangʻich toʻlov sifatida 111,1 mln soʻmni qabul qilib, bugungi kunga qadar avtotransport vositalarini yetkazib bermasdan yoki ularning talablariga asosan toʻlagan pullarini qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Orif ALLANAZAROV,
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmogʻi katta inspektori, 3-darajali yurist
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Yoqilgʻini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Aviachipta firibgarlari
Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar fosh etildi
Suyultirilgan gaz talon-toroj qilinganligi fosh etildi
Joriy yilning 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan edi
Pora bilan qoʻlga tushdi
Izohlar (0)