Kredit firibgari
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. “R.L.” va “O.N.” MCHJlarni norasmiy ravishda yuritib kelgan.
Firibgarlikni qanday amalga oshirdi?
Xabar berilishicha, jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 34 nafar fuqarolarni goʻyoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirib, ularning xabardorligisiz tijorat bank filiallari orqali “JOYDA” mobil ilovasi yordamida 897 mln soʻm “onlayn” kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Olingan kreditning 769,7 mln soʻmini qaytarmasdan, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Kredit firibgarlari

Namanganda imtiyozli kreditlarni o’zlashtirgan firibgar qo’lga tushdi

Aviachipta firibgarlari

MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Yoqilgʻini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi
Izohlar (0)