Dunyoda koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda
Oʻtgan haftadan dunyoda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat yanada murakkablashdi. Bunga Janubiy Afrika milliy yuqumli kasalliklar instituti olimlari tomonidan seshanba kuni B.1.1.529, ya’ni "omicron" shtammi qayd etilishi sabab boʻldi. Olimlarning aytishicha, bu kasallik OITSga chalingan kishida aniqlanib, mutatsiyaga kirishgan.
Shu tariqa juma kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti favqulodda yigʻilish chaqirdi. Bu yerda jahonning yetakchi olim va mutaxassislari tomonidan yangi shtamm muhokama qilindi.
Dastlabki xulosalarga koʻra, "оmicrоn" juda koʻp mutatsiyalarni oʻz ichiga olgan va "delta" shtammidan ham koʻra yuqumliroqdir. Eng yomoni, yangi versiya allaqachon Afrikadan boshqa qit’alarga oʻtib ulgurgan.
Masalan, oʻtgan hafta soʻngida Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Daniya singari qator davlatlarda "омиcрон" shtammi bilan kasallanish holatlari aniqlandi.
Shu sababli Rossiya, Germaniya, Isroil, Buyuk Britaniya, Singapur, Bahrayn, Italiya, Niderlandiya, Marokash, Fransiya, Chexiya, Avstriya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Turkiya, Kanada, AQSH, BAA, Misr, Argentina, Braziliya, Avstraliya kabi davlatlar bordi-keldida, aeroportlarda turli cheklovlar joriy qildi.
Masalan, Buyuk Britaniyada istalgan xorijiy davlatdan kelgan kishi PZR testini topshirishi va salbiy natija olinmaguncha oʻzini izolyatsiya qilishi shart. Shuningdek, hukumat jamoat joylarida yana niqob taqishni joriy etadi. Bu yerda vaksina olganidan buyon 6 oydan koʻp vaqt oʻtgan va 40 yoshdan oshgan aholi vakillariga qayta emlanish tavsiya qilinishi ham aytilmoqda.
Rossiya esa 28-noyabrdan boshlab Afrikaning qator mamlakatlari, qolaversa, Gonkongdan chet elliklarning oʻz hududiga kirishini cheklab qoʻydi. Isroil hukumati oʻz chegaralarini 14 kunga yopib qoʻyishini e’lon qilgan boʻlsa, Quvayt 9 davlat bilan aviaqatnovni toʻxtatdi. Marokash ham bu safga qoʻshildi.
Shveysariya yangi shtamm tufayli Chexiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Malavidan kelgan sayohatchilarga cheklovlar joriy qildi.
Yaponiya esa 30-noyabrdan mamlakatni xorijliklar uchun yopadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Qozog’istonda koronavirusning “hindcha shtammi” tez tarqalmoqda
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Butun dunyo boʻyicha koronavirusning toʻrt mingga yaqin shtammi borligi maʼlum boʻldi
Bolalar koʻproq kasallanmoqda
Izohlar (0)