Emirates airlines'да 5 yildan ortiq vaqt mobaynida ekipaj aʼzosi boʻlib ishlab kelayotgan sayohatchi va bloger Davron Alijonov (Teazeal) bilan uhbat
Foto: kun.uz
(Qisqartirib olindi)
- Har xil davlatda boʻlgansiz. Sizningcha, qaysi davlatda odamlar baxtliroq?
– Menimcha, italyanlar koʻproq baxtli. Chunki ularning taomlari mazali, ularda stress ham kamroq boʻladi. Iloji boricha hayotini oʻyin-kulgi, samimiyat va raqs bilan oʻtkazadi.
Lekin, men uchun baxt yoki xursandchilik bu manzil emas. Bu – sizning yoʻlingiz. Yaʼni inson oʻzi xursandchilikni yaratishi kerak. Agar qaysidir mamlakatda inson xursandchilikni yarata olish mumkinligi haqida oʻylasa, shu xalq koʻproq baxtli boʻlaveradi.

Masalan, tasavvur qiling, hozir siz xursandmassiz. Lekin xursand boʻlishga qandaydir sababingiz bor. Sogʻlomligingiz yoki ota-onangizning borligi. Ertalab uyqudan uygʻonganingiz ham baxt. Sababi yana 24 soat sizga berildi.
Shuning uchun bir narsaga yetishish emas, balki jarayonning oʻzi baxt. Masalan, Oʻzbekistonda oʻrtacha yashash 70 yil boʻlsa, siz shu vaqt davomida baxtli insonga aylanasiz. Bir nuqtaga kelib baxtliman, degan inson boʻlmaydi, demoqchiman.

- Bu Instagramʻda layk yigʻishga qaratilganmidi yoki oʻzingiz ich-ichingizdan xohlaganmisiz?
– Ich-ichimdan chiqqan. Instagramʻda koʻproq layk yigʻishni istaganimda, lyuks hayot tarzini koʻrsatgan boʻlardim va menda aniq koʻproq obunachi boʻlardi. Lekin asosiy maqsadim Oʻzbekistonni promout qilish desa ham boʻladi. Masalan, chetda yurganingizda, kimdir sizdan boshingizdagi toʻrtburchak narsa nima deb soʻraydi. Keyin tushuncha berishni boshlaysiz.
Menda “Do you know Uzbekistan?” degan loyiha ham boʻlgan. Bunda har xil mamlakatga borganimda mahalliy aholidan Oʻzbekiston haqida soʻraladi. Pandemiyadan keyin boshlaymiz.
– Oʻzbekiston haqida bilishadimi?
– Koʻpchilik bilmaydi. Hatto Oʻzbekistonning oʻz tili borligini ham bilishmaydi. Oʻzbekistonni sovet ittifoqi bilan bogʻlashadi. Shuning uchun men obunachilarim, doʻstlarimga oʻzbek tilida gaplashishni, tilning hurmat darajasini yuqoriroq qoʻyishni tavsiya qilib kelaman.
Inson oʻz tili va milliyligiga eʼtibor bermasa, u inson sifatida oʻzini aniqlay olmaydi.
kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)