«Yapon moʻjizasi»dek ishlay olamizmi?
Vaqt! Oliy hakam deya taʻriflanuvchi bu oʻlchov birligini boshqarish inson qoʻlidan kelarmikan?Bugungi zamonaviy hayotda buning iloji bor. Uning uchun sizda vaqt mashinasi boʻlishi shart emas. Shunchaki, taym menejment tushunchasini chuqurroq anglasangiz kifoya.
Taym menejment - bu hayotimizdagi har doim rivojlantirib borishimiz kerak boʻlgan asosiy hayotiy tajribadir. Aynan bu soha bizga har kunimizdan oqilona, unumli foydalanishga va oʻqishimizda, ishimizda kelajakdagi rejalarimizning mustahkam poydevoriga aylanadi. Vaqtni boshqarish uchun vaqtni faqat foydali narsalarga sarf qilish, oʻziga qulay boʻlgan muhitda ishlash va maqsadlarni aniq qoʻyish lozimdir. Maqsaddan chalgʻitadigan omillarga minimum eʼtibor qaratish, zarur boʻlmaganda uyali aloqa vositasi va ijtimoiy tarmoqlardan oʻzini tiyish. Kun tartibiga qatiʼy rioya qilish va har bir kundan maksimum unumli foydalanish shart.Ish muhitingizni oʻzingizga toʻgʻri keladigan,ilhomlantiradigan va rejangizdagi ishingizga nisbatan ishtiyoqingizni yanada oshiradigan buyumlar bilan toʻldirib tashlang. Bu kabi omillar sizni maqsadingizga boʻlgan xohishingizni oshirishga va har tomonlama yondashishga xizmat qiladi. Misol uchun sizni qaysidir rassom ijodi ilhomlantirsa, uning ijod namunalaridan sotib olib devorga ilib qoʻysangiz boʻladi. Agar sizda ish joyini tanlash imkoni boʻlsa, shunday joy tanlangki maqsadingizdan chalgʻitishi mumkin boʻlgan har qanday narsalardan holi joy boʻlsa maqsadga muvofiq boʻladi. Hamma qilinadigan ishlarni ularning muhimlik darajasini hisobga olgan holda roʻyxatini tuzish, ish boshlashdan oldin maqsadni aniq qoʻyish va uni amalga oshirish. Har bir kunni roʻxatdagi muhim ishlar bilan boshlash va bu ishlarni yakuniga yetkazish lozim. Bir nechta rejalaringizni bir vaqtning oʻzida bajarishga harakat qilmang, koʻpchilik bir vaqtning oʻzida bir nechta ishlarni bajarishni unumli deb hisoblaydi lekin bu harakat koʻp vaqt yoʻqotilishi va sifatsiz natijaga olib keladi. Uyali aloqa vositasini oʻchirib qoʻying, kun davomida eng koʻp vaqtimizni yoʻqotishimizning asosiy sababi ham aynan shu.
Fikrim soʻngida bir statistikani keltirib oʻtmoqchiman, Yaponiyada 2-Jahon urushidan soʻng yapon xalqi oʻz ustida har kuni 18 soat ishladi va «Yapon moʻjizasi» ga hozirgi kunda butun dunyo tan berib kelmoqda.
Lobarxon JALOLOVA,
Navoiy shahridagi 11- ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Janubiy Afrikadagi universitetning kirish eshigida shunday yozuv bor:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi eslatib oʻtadi
Tomdilik yoshlar uchun ajoyib sovgʻa
Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga oʻzgarishlar kiritildi
Bahorgacha hali uzoq…
“Agar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, Oʻzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi mumkin” – Bahodir Yusupaliyev
Izohlar (0)