Vaqt qadri yo'q jamiyatlar
Finlarda so'rashish odati yo'q ekan. Bor bo'lsa ham juda qisqa. Ko'rishganda yoki xabarlashganda birdan maqsadga o'tisharkan. Bir finlandiyalik vloger buni o'zganing vaqtini qadrlash deb tushuntiribdi.
Fin suhbatdoshingiz sizning ortiqcha vaqtingizni olmaslik uchun baribir javobi "Yaxshi, shukr, o'zingizchi?" tarzida bo'ladigan "Yaxshimisiz, charchamayapsizmi, mushugingiz yuribdimi?"larni so'ramaydi. Xabar yozganda ham "Salom", "Yaxshimisiz?", yana 1 soatdan keyin "Bir narsa so'ramoqchi edim" bilan to'xtab, javob yozishingizni kutmaydi. Birdan so'ramoqchi bo'lgan narsani so'raydi va siz ham ortiqcha xabar yozishdan ozod bo'lasiz.
Bizda-chi? O'zingiz, uy ichingiz, qo'ni-qo'shnilaringiz, mol-hollaringizgacha so'rash shart. Aks holda qo'pol, muomalasiz, tarbiyasiz, kalondimog'ga chiqasiz. Behazil. So'rashishni unutganim uchun ko'p tanbeh eshitganman. Balki hol-ahvol so'rab, mehribonchilik qilyapti dersiz, lekin hech kim asl ahvolni aytmaydi-ku. So'ragan odam ham asl javob bilan qiziqmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)