Tadqiqot xulosasi: Buster doza bilan emlanganlar “omikron”ni “yengish” uchun yetarli antitanachalarga ega boʻladi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, koronavirusning yangi “omikron” shtammi qayd etilgan mamlakatlar soni 57 taga yetdi. Eng yomoni, bu koʻrsatkich kun sayin oshib bormoqda.
Xususan, JSST rahbari Tedros Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, COVID-19ning yangi mutatsiyasi pandemiyaga qanday taʼsir koʻrsatishini oldindan aytish qiyin. Ammo yangi shtammning tez surʼatlar bilan tarqalayotgani fakt.
Pandemiyaning yangi toʻlqini, ayniqsa Yevropa mamlakatlarini tang ahvolga solib qoʻymoqda. Masalan, Fransiyada soʻnggi 24 soat ichida 61,3 mingdan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu oʻtgan yilning 2-noyabridan buyon qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichdir.
Buyuk Britaniyada ham ahvol tashvishlanarli. Kasallanish holatlari kun sayin koʻpayib, kecha qariyb 50 ming 600 nafarga yetgan. Hukumat “omikron” shtammi keng tarqalib ketmasligi uchun qoʻshimcha tartib va cheklovlarni joriy etishga majbur boʻldi.
Jumladan, 10-dekabrdan Buyuk Britaniyada jamoat joylarida tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilandi. Qolaversa, 13-dekabrdan masofaviy ish formatiga oʻtilishi mumkin.
Boshqa mamlakatlar ham ehtiyot choralarini kuchaytirishga kirishgan. Masalan, Braziliyada “omikron” roʻyxatga olingach, bu yerda emlanmagan xorijlik sayyohlar uchun besh kunlik karantin joriy etildi.
Olimlar ayni paytda mavjud vaksinalarning yangi shtammga nisbatan samaradorligini oʻrganmoqda. Xususan, Afrika Sogʻliqni saqlash tadqiqot instituti (Janubiy Afrika Respublikasi) ikki hafta davomida 12 nafar emlangan fuqaroning qon tahlillarini tekshirdi.
Maʼlum boʻlishicha, vaksina olganlarda immunitet nisbatan yaxshi saqlanib qoladi. Toʻliq bosqichda emlanganlarda antitanachalar yangi shtammga qarshi faolroq kurashdi.
Shuningdek, kuni kecha “Pfizer Inc va BioNTech SE” kompaniyalarining ilk laboratoriya tadqiqotlari yakunlari ham eʼlon qilindi. Unga koʻra, Pfizer vaksinasining uchinchi — buster dozasi antitanachalar miqdorini 25 barobar koʻtaradi va bu “omikron” ni “yengish” uchun kifoya qiladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 7 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Dunyoda koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Izohlar (0)