Jurnalistlar nima haqida yozmasligi kerak?
XTVning ta’kidlashicha, jurnalistlar oʻsmirlar orasidagi oʻz joniga qasd qilish va homiladorlik haqida yozmasligi kerak. Vazirlikning fikriga koʻra, OAVda salbiy holatlarning keng targʻib qilinishi oʻsmirlarga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Bu haqda muxbirimiz xabar bermoqda.
"Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlar kanallarida yoshlar orasida salbiy vaziyatni aks ettiradigan va natijada ularning ongi va psixologik holatiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan ma’lumotlar paydo boʻlmoqda. Albatta, biz jamiyatda keng koʻlamli demokratik islohotlar kechayotgan bir paytda soʻz erkinligini cheklashga chaqirmaymiz. Ammo shunday jarayonlar borki, ularning yoritilishi yoshlar va oʻsmirlarga salbiy ta’sir koʻrsatadi", - deya ta’kidlanmoqda XTV bayonotida.
Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, ayrim psixologlar voyaga yetmagan maktab oʻquvchilari tomonidan sodir etilgan oʻz joniga qasd qilish, erta tugʻish va homiladorlik kabi holatlarning keng yoritilishi oʻsmirlar ruhiyatiga salbiy ta’sir koʻrsatishini ilmiy jihatdan isbotlagan.
"Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir hamkor tashkilotning birgalikdagi faoliyatini koʻrib chiqish, jazolash oʻrniga bolalarni tarbiyalashda har birimizning mas’uliyatimizni oshirish, bolalarni tushunishni oʻrganish, ularga e’tibor berish, gʻamxoʻrlik va muhabbat koʻrsatish kerak. Bolalar huquqlarini himoya qilish va ota-onalar mas’uliyatini oshirish uchun bunday hollarda harakat tamoyillarini qayta koʻrib chiqishimiz lozim", - deya qayd etdi vazirlik.
"Shu munosabat bilan bolalar ongiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yuqorida qayd etilgan holatlarning keng yoritilishiga yoʻl qoʻymaslik tavsiya etiladi",-deya qayd etmoqda vazirlik.
Vazirlikdan soʻramoqchi edik, mustaqillikning oʻtgan davri mobaynida bu kabi holatlar yashirilgan va OAV e’tiboriga tushmagan paytlarda ta’lim va tarbiya rivoji yangi kosmik darajaga chiqa oldimi? Bu orqali Oʻzbekiston kim ortda qoldirdi? Oʻzingizga kelib oling, maktablar holati bir abgor holatda, ta’lim sifati haqida gapirmasa ham boʻladi. Bunga albatta blogerlar va OAV aybdor. Maktabda oʻqiyotgan va ishlayotganlar boshiga doʻppi kiydirish qoldi xolos...

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)