Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida IIV kadrlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Avazbek Inamov maʼlum qildi:
“Ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar oʻrtasidagi salbiy holatlar aks ettirilgan 201 ta videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlgan.
Kadrlar bosh boshqarmasi hamda Oʻzxavfsizlik boʻlinmalari bilan hamkorlikda har bitta holat boʻyicha tekshirish oʻtkazilib, 87 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. Shundan 8 nafari ichki ishlar tizimidan boʻshatilgan. 20 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Shu oʻrinda, 201 ta videorolikdan 84 ta holatda xodimlar aybi tasdiqlanmagan va 22 ta holat boʻyicha fuqarolarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik, 9 ta holatda jinoiy ish qoʻzgʻatilgan”, deb ma’lum qiladi DARAKCHI.UZ.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Ichki ishlar vazirligi TikTokchilarning ota-onalarini ogohlantirdi
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
NAVOIY VILOYATIDAGI MAHALLIY HOKIMLIKLAR AYRIM QARORLARI BEKOR QILINAYOTGANLIGINING ASOSIY SABABI OCHIQLANDI
Izohlar (0)