Imom-xatib javobgarlikka tortildi
Hozirgi kunda odamlar orasida “mulla” yoki “domla” deb tanilgan kimsalar tomonidan noqonuniy nikoh oʻqilayotgani uchun javobgarlikka tortilganliklari haqida ijtimoiy tarmoqlarda batafsil yoritilmoqda.
Ammo, jome masjid imom-xatibi lavozimida ishlab kelib, diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjudligini bila turib, qonuniy nikohdan oʻtmagan kimsalarga sharʼiy nikoh oʻqigan imom-xatibning bu huquqbuzarligi, uni javobgarlikka tortish uchun asos boʻldi.
Gap shundagi, Qiziltepa tumanida joylashgan jome masjid imom-xatibi Djamilov Abdurasul Hayitovich (imsi sharifi oʻzgartirilgan) X.A va D.N.ni qonuniy nikohdan oʻtmaganini bila turib, ularning sharʼiy nikohini oʻqib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 240-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan. Bu holat profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Sud imom xatib A.Djamilovga oid maʼmuriy ish hujjatlarini oʻrganib chiqdi.
Imom xatib sudda sodir etgan qilmishiga iqrorlik bildirib, pushaymonligini, qilmishining oqibatini tushunganini aytgani uni javobgarlikdan qutqarib qolmadi, imom-xatibga sodir etgan huquqbuzarligi uchun jarima jazosi tayinlandi.
Olib borilayotgan targʻibot ishlariga qaramay ana shunday salbiy holatlarning uchrab turishi achinarli holat albatta. Bu oʻzboshimchalikdan juda koʻpchilik oilalar zarar koʻrishi aniq. Shu bois ham bu kabi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar.
Abdumoʻmin Raximov,
Jinyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudi raisi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)