2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi

Xabarga koʻra, 2020-yilda mamlakatda salkam 297 ming nikoh qayd etilib, respublika boʻyicha eng koʻp Sirdaryo (10,4 ming), Jizzax (10 ming) Qashqadaryo (9,3 ming) va Surxondaryo (9,3 ming) viloyatlarida kuzatilgan. Shuningdek, eng kam nikoh tuzish koʻrsatkichi Qoraqalpogʻiston (6 ming), Xorazm (7 ming), Buxoro (8 ming) viloyatlari va Toshkent shahrida (8,2 ming) kuzatilgan.
Maʼlum qilinishicha, 2020-yilda mamlakatda 28 ming 200 nikohdan ajrashish holati qayd etilgan. Hududlar kesimida nikohdan ajralish koeffitsiyenti boʻyicha, Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlari eng yuqori koʻrsatkichda qayd etilgan. Eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)