FIRIBGARLIK FOSH ETILDI
Sabina Kazakova (ism, familiya o‘zgartirilgan) aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni maqsad qilib oladi.
U bir necha shaxslardan, jumladan Navoiy shahar “Esfir” nomli go‘zallik salonida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Kayumova M.G.dan bahosi 2 mln. 750 ming so‘mlik “Redmi Not-7” rusumli telefon apparatini, bundan tashqari M.Sh.dan bahosi 2 mln. 750 ming so‘mlik “Redmi Note 8 pro” rusumli telefon apparatini telefon qilish uchun so‘rab ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan oladi. Mazkur fuqarolarga jami 5 mln. 500 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazadi. Sabina Kazakova qo‘lga kiritgan telefon apparatlarni jami 1 865 000 so‘mga sotib, mablag‘ni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIO FMB tomonidan jinoyat ishi ochilib, firibgar tegishlicha javobgarlikka tortildi. Jabrlanuvchilarga esa yetkzilgan zarar to‘lig‘icha qoplandi.
Sodiq TESHAYEV,
Navoiy shahar IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili, katta leytenant.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)