![]()
![]()
2022-yil 10-aprel kuni soat 21:40 larda, Shayxontohur tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari B.Bozorov va Sh.Allanazarovlar tomonidan “Qoratosh–Samarqand darvoza” koʻchalari kesishgan chorrahada harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib, haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan Sh.N.ning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2022-yil 16-fevral kunidan buyon qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.
Bu haqda Ichki ishlar vazriligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
xabar berdi.Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Sh.N. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.