Buxoroda chiqindi mashinasi ayol va chaqaloqni bosib ketdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, haqiqatdan ham 12-aprel kuni Sh.N. ismli shaxs o‘z boshqaruvidagi “Aholi Trans” MChJ ga qarashli “Shacman” rusumli chiqindi tashish avtomashinasini, Buxoro shahar “Istiqlol” mahallasi bo‘ylab boshqarib borayotganda qoidaga zid ravishda harakatlangan. Natijada axlatxona yonidan o‘tib ketayotgan Yu.N. va bolalar aravachasida bo‘lgan, 2020 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.A. ni avtomashina o‘ng tomon g‘ildiragi bilan bosib ketgan.
Natijada Yu.N. va voyaga yetmagan S.A. “og‘ir” tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Avtohalokat oqibatida 4 yoshli qizaloq vafot etdi

Buxoroda mudhish qotillik yuz berdi

YTH oqibatida 2 nafar yoʻlovchi halok boʻldi

OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi

Yuk avtomobili ag’darilib ketdi

Buxoroda 10 dan ortiq erkakka qasddan tanosil kassaligini yuqtirgan ayol aniqlandi
Izohlar (0)