“Agar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, Oʻzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi mumkin” – Bahodir Yusupaliyev
Agar oʻzbekistonliklar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilmasa, mamlakatda karantinni kuchaytirish choralari koʻrib chiqilishi mumkin. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi, deya xabar bermoqda daryo.uz.
Maʼlumki, koronavirusning barcha yangi turlari chetdan kirib kelmoqda.
Shuningdek, Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekiston aholisini joriy etilgan cheklovlar – niqob taqish, masofa saqlash, anteseptiklardan foydalanishga rioya qilishga chaqirdi.
“Respublika fuqarolariga murojaat qilib, ulardan zaruriyat boʻlmasa, koronavirusning yangi turlari aniqlangan mamlakatlarga sayohatga bormasliklarini soʻrayman. Agar respublikada joriy qilingan cheklov choralariga birgalikda amal qilmasak, zaruratsiz boshqa davlatlarga chiqsak, karantin choralarini kuchaytirilishi va Oʻzbekistonda aviaqatnovlarga cheklovlar qoʻyilishi mumkin”, - dedi Bahodir Yusupaliyev deb yozadi tez.news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
AQSHda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
Izohlar (0)