Qoraqalpogʻistonda aniqlangan eshaklar “qabristoni”

Maʼlum qilinishicha, soʻyilgan eshak suyaklari 3 ta maydonga tashlangan. Ularning bittasida 55 ta eshakning qovurgʻalari borligi aytilmoqda.
Mazkur hodisa 12-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan videotasvirdan keyin aniqlangan. Videotasvirda taʼkidlanishicha, eshaklar odamlarga tarqatilayotgan boʻlishi mumkin. “Agar, u hayvonot bogʻlariga olib ketiladigan boʻlganida suyaklari bilan ketishi kerak edi. Eshaklar mohir qassob tomonidan soʻyilgan-ki, qovurgʻa suyaklaridan goʻshtlar silliq ajratib olingan. Qabristonda yangi soʻyilgan eshaklarning qovurgʻa suyaklaridan tashqari kallasini, quloqlarini koʻrish mumkin”, — deyiladi xabarda.
Eshak suyaklari shu yilning yanvar oyidan buyon 3 marotaba olib kelib tashlangan.
Ellikqalʼa tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi, hayvonlar kasalliklarini aniqlash, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va Davlat markazi mutaxassislari tumandagi barcha goʻsht doʻkonlarida tekshiruvlar oʻtkazgan. Tuman aholisi oʻrtasida eshak sotib olishni soʻragan va sotib olgan fuqarolar haqida soʻrishtiruv ishlarini boshlagan. “Lekin hozirgacha eshaklar nima maqsadda soʻyilganligi boʻyicha maʼlumot yoʻq”, — deyiladi xabarda.
Ellikqalʼa tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tumandagi goʻsht doʻkonlarida, asosan, qora mol goʻshti sotilishini, qora mollar esa Ellikqalʼa OFY hududidagi qushxonada soʻyilishini maʼlum qilgan.
Hozirda qushxona va tumandagi goʻsht doʻkonlarida sotilayotgan goʻshtlarning yaroqlilik maʼlumotnomasi va goʻshtga qoʻyilgan kleymolari mavjud ekanligi oʻrganilmoqda.
Mazkur hodisa yuzasidan tuman hokimligiga, prokuraturasiga va Ichki ishlar boʻlimiga ham murojaat qilingan.
Foto: OʻzA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

“Agar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, Oʻzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi mumkin” – Bahodir Yusupaliyev

Nukusda qurilayotgan koʻp qavatli uylar nima sababdan buzib tashlandi?

Navoiyda nogironning boʻyniga arqon oʻrab azoblagan shaxs aniqlandi

Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi

Mart oyida koronavirusga qarshi emlanadiganlar soni ma’lum qilindi

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Izohlar (0)