O‘zbekistonda banklarning qarzdorlarga tungi vaqtda qo‘ng‘iroq qilishi taqiqlandi
O‘zbekistonda endilikda bank xizmatlari iste’molchisiga mavjud qarzlar haqida soat 20:00 dan
8:00 gacha qo‘ng‘iroq qilishi taqiqlandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bu Markaziy bank tomonidan 14-yanvar kuni qabul qilingan “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorga kiritilgan.
Mazkur qaror bilan, shartnoma masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali tuzilganda, iste’molchi shartnoma tuzilgan kunda, mazkur tizimlar orqali shartnomadan foydalanish va undan nusxa olish huquqiga ega. Iste’molchiga o‘zining shaxsiy kabinetida (veb-saytida, internet-banking tizimida/mobil ilovasida) nafaqat kredit shartnomasi to‘g‘risidagi, balki bank omonat shartnomasi to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Shuningdek, endi banklarga quyidagilar taqiqlandi:
- mikroqarz shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va “neustoyka” (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
- kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari qoplash uchun “neustoyka” (jarima, penya) undirish.
Qayd etilishicha, bank xizmatlari iste’molchisiga mavjud qarzlar haqida mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 8:00 gacha og‘zaki eslatmalar qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjat 15-aprelidan boshlab kuchga kiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)