BRITANIYANING G‘AROYIB ROJDESTVO AN’ANALARI

Rojdestvo pudingiga kumush tanga qo’yish
Rojdestvo pudingi - bu Buyuk Britaniyada Rojdestvo kechki ovqatida xizmat qiladigan meva pudingi. Puding birinchi marta Buyuk Britaniyada XIV asrda iste’mol qilingan. Odatda puding mayiz, smorodina, quritilgan o’rik, sharob va ziravorlar qo’shib tayyorlanadi. Buyuk Britaniyadagi Rojdestvo bayramining qiziqarli an’analaridan biri kumush tangani pudingga joylashtirishdir. Tanga kimning yonidan chiqsa, o’sha odam omadli hisoblanadi. Ushbu an’ana Qirol Edvard II saroyida vujudga kelgan bo’lib, loviya yoki quritilgan no’xat puding ichiga joylashtirilgan. Uni topgan omadli inson esa kun bo’yi qirol yoki qirolicha tojini kiyib yurishga sazovor bo’lgan.
Rojdestvo kuni kurka yeyish

Pantomimaga borish
"Panto" deb nomlanadigan Rojdestvo pantomimasi - bu britaniyaliklar Rojdestvo davrida tomoshaga boradigan komediyalar namoyishidir.
Qirolicha nutqini tomosha qilish

Xayriya mablag’lari bilan poyabzal qutisini to’ldirish
1990 yilda Deyv Kuk ismli kishi televizorda ruminiyalik yetimlarning azoblanishini ko’rib, ularga yordam berishga qaror qiladi. Xayriya ehsonlari bilan poyabzal qutilarini to’ldirish an’anasi aynan shu voqeadan so’ng boshlangan. U o’zining tug’ilgan shahri Uels aholisini bolalar uyiga pul ajratishga jalb etadi. Shu orada bolalarning poyabzal qutilarini o’yinchoqlar va sovg’alar bilan to'ldirishadi. Ushbu tashabbusning muvaffaqiyati OAV tomonidan katta e’tiborga sazovor bo’ladi. Shundan so’ng Buyuk Britaniyada poyabzal qutilarini muhtoj bolalar uchun sovg’alar bilan to’ldirish Rojdestvo davrida odatiy holga aylandi.
Rojdestvo arafasida paypoqlarni osib qo’yish

Britaniyaliklarning Rojdestvo an’analari sizga yoqdi degan umiddamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)