HAQIQIY O‘QITUVCHI
Maktabimiz qishloqda, rasm darsini o‘tadigan ustozimiz markazdan. Maktabdagi eng chiroyli sinf xonasi rasm xonasi edi. Devorning bir tarafiga to'ldirib bir qarichdan kattaroq keladigan ramkaga solingan turli rossomlarning mashhur asarlari ilinib turardi. 5-sinf edik. Sinfimizning o‘g‘risi bor edi. Buni hamma sinfdoshlar bilamiz va ko‘nikib ketganmiz.
Lekin hech qachon o‘g‘ri ekanligini yuziga aytmaganmiz negadir (balki birinchi o‘qituvchimiz shunday talab qo‘ygandir, hech kimning kamchiligi yuziga aytilmagan). Har haftada bir marta bo‘ladigan rasm darsiga kiramiz-u, ramkadagi rasmlar kamayib ketayotganligini sezamiz. Bu bizga juda alam qila boshladi. Yana bir dugonam bilan ustozga aytmoqchi bo‘ldik, lekin o‘g‘ri sinfdoshimizga rahmimiz keldi. Axir uyam qiz bola. O‘zimiz aytmasdan, ustozning daftariga xat yozib tashlab qo‘ydik. "Hurmatli rasm muallim, sinfimizda o‘g‘ri bor, rasmlarni o‘g‘irlayapti" degan mazmunda.
Bu hafta rasm darsiga kirdik. Dars odatdagiday o‘tdi va ustoz dars yakunida o‘sha sinfdoshimizga eng chiroyli chizgani, eng odobli o'quvchiligi uchun o‘n dona yap-yangi ramkaga solingan bir-biridan chiroyli portretlar sovg‘a qildi. Juda hayratda edik. Kimligini yozmagan bo‘lsakda, ustoz sezib yurgan ekan. Shundan keyin o‘g‘ri sinfdoshimiz o‘zgardi. A‘lochi qizga aylandi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)