Bunday ustozlarga salomlar boʻlsin!
(koʻngil olish)
Bu voqea Sudanning Rifiy al-Manoqil deb nomlangan mintaqasida bir muallim bilan boʻlib oʻtgan.
Bu muallim qizlar ibtidoiy maktabida geometriyadan dars berar ekan. Bir kuni u maktab derazasidan koʻrinishidan begʻuborligi koʻrinib turgan kichkina qizchani koʻrib qoladi. U onasi pishirib bergan nonlarni sotar ekan. U maktab yoshiga yetgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli maktabga bormagan edi. Uning toʻrtta aka-ukasi boʻlib, otasi vafot etgan ekan. U tirikchilik uchun onasiga yordam berar ekan. Ukalarini maktabga kirishlarini, oʻqishlarini juda-juda istar ekan.
Muallim bir kuni qizlarga geometriyadan bir masalani sharhlab turar ekan, non sotuvchi qizcha maktab derazasidan moʻraladi. Muallim oʻquvchilarga bir qiyin masalani berib kim toʻgʻri javob bersa unga mukofot berishini aytdi. Muallimning savoliga hech bir oʻquvchi qiz javob bera olmadi. Shunda non sotuvchi qizcha savolga javob bermoqchi boʻlib derazadan qoʻlini silkitib: “Ustoz, ustoz!”, deya baqirdi. Muallim unga javob berishiga ruxsat berdi. Qizsa savolga javob berdi. Uning javobi toʻgʻri edi.
Imtihonlar natijasi hayratlanarli boʻldi. Qizcha maktab boʻyicha birinchi oʻrinni oldi. Xullas muallimning eʼtibori va yordami bilan qizcha ibtidoiy bosqichdan toki sanaviy bosqichga oʻtgunicha yaxshi oʻqib bordi.
Muallim ishlash uchun Sudanni tarq qilishiga va xorijga chiqishiga toʻgʻri keldi. Qizcha bilan aloqasi uzilib qoldi. Qizchaning ukalaridan biri katta boʻlib aravada suv sotib uning xarajatlarini qoplab turdi.
Shunda haligi qiz yugurib kelib muallimning qoʻllarini oʻpa ketdi. U hoʻngrab yigʻlar edi. Oshxonadagi barcha inson ularga qaradi. Hamma muallimni qizning otasi deb oʻyladi. U qiz yigʻidan oʻzini tiyib dedi:
-Ustoz! Meni tanimadingizmi? Men sinib parchalangan bir inson edim. Siz u siniqlardan butun bir insonni bino qildingiz. Mening maktabga kirishimga siz sabab boʻlgansiz. Oʻz molingizdan menga sarf qilgansiz. Bularning barchasi avvalo Allohning fazli, qolaversa sizning eʼtiboringiz, insoniyligingiz tufayli boʻldi. Men qizingizman!
Muallim aytadi: “Shu onlarda birinchi bor oʻzimni ustoz va inson his qildim!”.
Salomlar boʻlsin bunaqangi ustozlarga! Bizning qalbimizga hayotning maʼnosini ekkan zotlarga minglab salomlar boʻlsin!
Doktor Hasson Shamsiy Posho.

Ana shundan keyin muallim unga eʼtibor bera boshladi. U oʻzining xos mablagʻidan maktab uchun unga nima kerak boʻlsa barchasini olib berdi. U maktab mudiri bilan gaplashib u qizchani imtihon bilan maktabga qabul qilishini soʻradi. Maslahatdan soʻng uni birdaniga uchinchi sinfga tinglovchi sifatida qabul qilishga qaror qilishdi. U boshqa ustozlar bilan ham gaplashib ularning darsini ham tinglashi uchun ruxsat oldi. Ular bunga rozi boʻlishdi. Muallim bu qarorni qizchaning onasiga yetkazdi.
Imtihonlar natijasi hayratlanarli boʻldi. Qizcha maktab boʻyicha birinchi oʻrinni oldi. Xullas muallimning eʼtibori va yordami bilan qizcha ibtidoiy bosqichdan toki sanaviy bosqichga oʻtgunicha yaxshi oʻqib bordi.
Muallim ishlash uchun Sudanni tarq qilishiga va xorijga chiqishiga toʻgʻri keldi. Qizcha bilan aloqasi uzilib qoldi. Qizchaning ukalaridan biri katta boʻlib aravada suv sotib uning xarajatlarini qoplab turdi.
Xullas muallim bilan oʻn besh yilcha koʻrishmadi. Shuncha yil oʻtib muallim yana Sudanga qaytdi. Uning Xartumdagi tibbiyot universitetida bir hamkasbi bor edi. U muallimdan universitetga ishga kelishini talab qildi. Bir kuni muallim universitet oshxonasida turganida bir qiz unga uzoq tikilib qolganini sezdi. Muallim uning nega buncha termulib qolganining sababini bila olmadi. Muallim doʻstidan bu qizni tanish-tanimasligini soʻradi. Doʻsti dedi:
-Albatta taniyman. Bu qiz tibbiyot fakultetining professori-ku!
-Albatta taniyman. Bu qiz tibbiyot fakultetining professori-ku!
Shunda haligi qiz yugurib kelib muallimning qoʻllarini oʻpa ketdi. U hoʻngrab yigʻlar edi. Oshxonadagi barcha inson ularga qaradi. Hamma muallimni qizning otasi deb oʻyladi. U qiz yigʻidan oʻzini tiyib dedi:
-Ustoz! Meni tanimadingizmi? Men sinib parchalangan bir inson edim. Siz u siniqlardan butun bir insonni bino qildingiz. Mening maktabga kirishimga siz sabab boʻlgansiz. Oʻz molingizdan menga sarf qilgansiz. Bularning barchasi avvalo Allohning fazli, qolaversa sizning eʼtiboringiz, insoniyligingiz tufayli boʻldi. Men qizingizman!
Muallim aytadi: “Shu onlarda birinchi bor oʻzimni ustoz va inson his qildim!”.
Salomlar boʻlsin bunaqangi ustozlarga! Bizning qalbimizga hayotning maʼnosini ekkan zotlarga minglab salomlar boʻlsin!
Doktor Hasson Shamsiy Posho.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)