Bir palataga 15 nafar tugʻuruqdagi ayol joylashtirilgani uchun tugʻuruqxona mudiri ishdan olindi

Boʻlim mudiri statsionar oʻrinlarni koʻpaytirish imkoniyati boʻla turib, antisanitariya holatiga yoʻl qoʻygan.Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi guruhi ushbu holatni o‘rganib, rahbariyatda samarasiz statsionar o‘rinlar hisobiga homilador ayollar uchun qo‘shimcha joylar yaratish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi. Biroq muassasa rahbariyati tomonidan muammoni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmagan.
Natijada, Chortoq tumani tibbiyot birlashmasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)