Koronavirusga chalingan homilador ayollar farzandli boʻlishdi
Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar, shuningdek, homilador, tugʻruqdagi va tuqqan ayollarni davolashga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda poytaxtimizdagi 3-sonli tugʻruq majmuasining tibbiyot xodimlari ham koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolashda bor tajriba va bilimini ishga solishmoqda. Bu yerda homilador, tugʻruqdagi va tuqqan ayollarda koronavirus infeksiyasini tashxislash va ularni davolashda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondashuv joriy etilgan.
Ushbu tibbiyot muassasasida quvonchli voqea yuz berdi. Soʻnggi 10 kun davomida bu yerda davolanayotgan 13 nafar ayol farzandli boʻldi. Ona va bolalarning ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazorat ostida.
Toʻgʻrisi, har bir homilador ayol koronavirus infeksiyasi uni ham chetlab oʻtmaganini bilgach, birinchi navbatda, oʻzi emas, balki tugʻilajak farzandi haqida qaygʻuradi. Bilimli va mahoratli tibbiyot xodimlarining mehnati samarasi oʻlaroq, eson-omon dilbandini bagʻriga bosgan onalar bugun oʻzlarini eng baxtli inson, deb his qilayotganlari tabiiydir.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koronavirus: ikki nafar bemor vafot etdi
Ispaniyada koronavirusga chalingan bemor kasalxonani yoqib yubordi
Tugʻilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish mumkinmi?
Homilador ayolga hujum qilgan timsoh
Bogʻchalardan birida koronavirus aniqlandi
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Izohlar (0)