Ta᾽lim yangiliklari - yangi darsliklar, qisqaradigan fanlar va oyliklar
Prezident oʻqituvchilar bilan uchrashuvda nimalar haqida gapirdi?
Ustozlar bilan muloqotda Shavkat Mirziyoyev tuman, shahar va viloyat xalq taʼlimi boʻlimlarini tanqid qildi, bu eski tizimdan voz kechish kerakligini aytdi. 11-sinflar 20-30 foizli oylik bilan ishlashi mumkinligini taʼkidladi, maktablarda fanlarni qisqartirishni taklif qildi.
29-dekabr kuni prezident Xalqaro kongress markaziga bordi. U yerda boshlangʻich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishib, bir guruh pedagoglar bilan uchrashdi. Tadbir davomida davlat rahbari taʼlim sohasidagi muammolarni eslatib, bu borada 2023-yilda koʻplab qaror, farmonlar chiqishini, qilinadigan ishlar koʻpligini maʼlum qildi. Kun.uz uchrashuvda tilga olingan eng muhim yangiliklarni bir videoga jamladi.
Dastlab tadbirda soʻnggi 5 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirildi, yangi darsliklar 1-yanvardan tajriba-sinov tarzida maktablarga joriy etilishi maʼlum qilindi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning 14 ta hududidagi maktablarda yangi darsliklarni joriy etish boʻyicha eksperiment boshlanyapti, 1-sentyabrdan esa 10 mingtasida boshlanadi. Sizlarga bu narsalar maʼqul kelyapti, toʻgʻrimi? Albatta, bu – birinchi qadamlarimiz. Bularni borgan sari sizlar ham takomillashtirasizlar, bizning ham kengashlar oʻtirib, takomillashtiradi”, – dedi prezident.
Uning aytishicha, yaqinda 14 ta hududga tajriba tarzida joriy etilayotgan darsliklardan keyingi bosqichlarda 5–11 sinflar uchun ham ishlab chiqiladi. Shuningdek, prezident oʻqituvchilarning obroʻsini koʻtarish kerakligi haqida ham gapirib oʻtdi.
“Hozir farzandlarimiz oʻzlari talab qilishyapti: “Bizga kechagi taʼlim emas, sifatli taʼlim kerak”, – deyapti. 590 ming nafar muallim va murabbiylarga murojaat qilmoqchiman, faqat sizlar… Eng qimmat va eng katta boyligimiz – farzandlarimizni ustozlarga topshiramiz. Agar har birimiz oʻzimiz, farzandlarimiz, nevaralarimizning ertangi kunini qoldiramiz desak, faqat va faqat muallimning obroʻsini koʻtarishimiz, faqat va faqat ularning sharoitini yaratishimiz kerak. Koʻp millatli Oʻzbekistonning har bir farzandlarini mening farzandim, ertangi kunimning poydevori, zamini – deb tarbiya qilsak, albatta, biz natijaga erishamiz”, – dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari oʻqituvchining sharoiti yaxshi boʻlsa, jamiyatning ham kayfiyati oʻzgarishini, bu boʻyicha har qanday takliflarni oʻrganishga tayyorligini aytdi. Soʻng imkon tugʻilsa, oʻqituvchilarning maoshi oshirilishi maʼlum qilindi. Qolaversa, oʻqituvchilar uchun ipoteka shartlari yengillashtirilishi mumkinligi qayd etildi.
Muloqotda alohida gapirilgan mavzulardan yana biri – maktablardagi taʼlim sifati va fanlar masalasi boʻldi. Shavkat Mirziyoyev repetitor bir yilda bolalarga til oʻrgata olishini, ammo maktablar 10 yilda ham bu ishni qila olmasligini tanqid qilib, fanlar sonini qisqartirish, uning oʻrniga zamonaviylarini joriy etishni taklif qildi.
“Maktablarda 22 ta yoʻnalish, fan bor. Mening nazarimda, hozirgi bolalarga kreativ yoʻnalishlar, bilim, informatsion texnologiyalar qiziq, qaysidir fanlarni qisqartirsak ham boʻladi. Endi biz qisqartirishga qoʻrqamiz, chunki komissiya, “royono”, “gorono”, “oblono” bor, vazirlik bor. Bu – eski tizim. Bu eski tizimni haqiqatan buzolmas ekanmiz, biz hozirgi zamonaviy kadrni tayyorlay olmaymiz. Shuning uchun, mening fikrim, 10 sinfni tugatganidan keyin maktab kollektivi xalqimiz, ota-onalarning oldida bir majburiyatni olsa, biz aytgan 2 ta tilga ham, bitta kasbga ham 10-sinfni tugatganidan keyin bersak, shundan soʻng joylardagi rahbarlar, hokimlar 10-sinfdan 11-sinfga oʻtganidan keyin oʻzining kasbi boʻyicha 30-50 foizli oylik berib, 2 soat – 2 soat ularni ishlatsa. Bilasizlarmi, bu bilan ular hayotga qanchalik tayyor boʻladi. Agar 10-sinfni tugatganlarga 30-50 foizli oylik berib ishlatsak, u yo oliygohga boradi, yo ish bilan boʻlib adashmaydi, oʻzining yoʻlini topadi”, – deya taʼkidladi prezident.
Bundan tashqari, Mirziyoyev 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy oʻquv yurtiga kirmaganini eslab, eski tizimdan voz kechishni, darsliklar oʻzgarayotgan ekan, oʻqituvchilar ham oʻzgarishi kerakligini: “Oʻzgarmasangiz xayrlashamiz. Shuning uchun ham bugun sizlar bilan koʻrishib, gaplashyapmiz”,– deya taʼkidladi.
Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari maktabda oʻtilgan fanlar boʻyicha oʻtkazilishi boʻyicha berilgan taklif maʼqullandi. Prezident bu nomutanosiblikka barham berilib, maktabda oʻtilmagan fanlar boʻyicha savollar tuzilmasligini, bu boʻyicha topshiriq berilganini aytdi.
Albatta, maktablarda fanlar soni qisqartirilishi, taʼlim sifati yaxshilanishi muhim, ammo maktab oʻquvchilari va majburiy mehnat masalasi ham ular ichida ahamiyatlidir. Shavkat Mirziyoyev maktab oʻquvchilarini majburiy mehnatga jalb qilishning asoratlari haqida ham gapirdi. Uning aytishicha, buni taqiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish oson boʻlmagan.
“Bolalar paxtaga 7-sinfdan chiqardi. Tasavvur qiling, yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kg yukni har kuni koʻtarishga majbur edi. Shu tufayli qancha kasalliklar orttirib olinardi, baʼzi holatlarda uni davolashga ham imkoniyat boʻlmasdi.
Vaholanki, ularning qanchadan qancha orzulari bor edi, ular farzand koʻrishi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz”, — dedi Mirziyoyev.
Uchrashuv davomida prezidentga murojaat qilgan oʻqituvchilardan biri xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash uchun yetarlicha manba va mutaxassis yoʻqligi haqida gapirdi. Bu borada 1-2 oy davomida alohida oʻrganish qilinishi va manba, mutaxassislarni tayyorlash, taʼminlash borasida Xalq taʼlimi vazirligiga topshiriq berildi.

“Agar soʻnggi 5 yilligimizni, birgalikda ishlaganimizni inobatga olsak, biz mingta maktab qurdik, bundan oldingi davrda buning 30 foizini ham qilmagan edik. Agar bitta raqamda aytsak, 2022-yilda mana shu masalalarga 14 trlnga yaqin pul berdik. Yaqin 5 yil ichida yana 1 mln 200 mingta oʻrin tashkil qilamiz. Bu ham oʻzidan oʻzi boʻlmaydi. Maktablarni quraveramiz, lekin uning ichidagi muallimlarni ham tayyorlash kerak.
2023-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning 14 ta hududidagi maktablarda yangi darsliklarni joriy etish boʻyicha eksperiment boshlanyapti, 1-sentyabrdan esa 10 mingtasida boshlanadi. Sizlarga bu narsalar maʼqul kelyapti, toʻgʻrimi? Albatta, bu – birinchi qadamlarimiz. Bularni borgan sari sizlar ham takomillashtirasizlar, bizning ham kengashlar oʻtirib, takomillashtiradi”, – dedi prezident.
Uning aytishicha, yaqinda 14 ta hududga tajriba tarzida joriy etilayotgan darsliklardan keyingi bosqichlarda 5–11 sinflar uchun ham ishlab chiqiladi. Shuningdek, prezident oʻqituvchilarning obroʻsini koʻtarish kerakligi haqida ham gapirib oʻtdi.
“Hozir farzandlarimiz oʻzlari talab qilishyapti: “Bizga kechagi taʼlim emas, sifatli taʼlim kerak”, – deyapti. 590 ming nafar muallim va murabbiylarga murojaat qilmoqchiman, faqat sizlar… Eng qimmat va eng katta boyligimiz – farzandlarimizni ustozlarga topshiramiz. Agar har birimiz oʻzimiz, farzandlarimiz, nevaralarimizning ertangi kunini qoldiramiz desak, faqat va faqat muallimning obroʻsini koʻtarishimiz, faqat va faqat ularning sharoitini yaratishimiz kerak. Koʻp millatli Oʻzbekistonning har bir farzandlarini mening farzandim, ertangi kunimning poydevori, zamini – deb tarbiya qilsak, albatta, biz natijaga erishamiz”, – dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari oʻqituvchining sharoiti yaxshi boʻlsa, jamiyatning ham kayfiyati oʻzgarishini, bu boʻyicha har qanday takliflarni oʻrganishga tayyorligini aytdi. Soʻng imkon tugʻilsa, oʻqituvchilarning maoshi oshirilishi maʼlum qilindi. Qolaversa, oʻqituvchilar uchun ipoteka shartlari yengillashtirilishi mumkinligi qayd etildi.
Muloqotda alohida gapirilgan mavzulardan yana biri – maktablardagi taʼlim sifati va fanlar masalasi boʻldi. Shavkat Mirziyoyev repetitor bir yilda bolalarga til oʻrgata olishini, ammo maktablar 10 yilda ham bu ishni qila olmasligini tanqid qilib, fanlar sonini qisqartirish, uning oʻrniga zamonaviylarini joriy etishni taklif qildi.
“Maktablarda 22 ta yoʻnalish, fan bor. Mening nazarimda, hozirgi bolalarga kreativ yoʻnalishlar, bilim, informatsion texnologiyalar qiziq, qaysidir fanlarni qisqartirsak ham boʻladi. Endi biz qisqartirishga qoʻrqamiz, chunki komissiya, “royono”, “gorono”, “oblono” bor, vazirlik bor. Bu – eski tizim. Bu eski tizimni haqiqatan buzolmas ekanmiz, biz hozirgi zamonaviy kadrni tayyorlay olmaymiz. Shuning uchun, mening fikrim, 10 sinfni tugatganidan keyin maktab kollektivi xalqimiz, ota-onalarning oldida bir majburiyatni olsa, biz aytgan 2 ta tilga ham, bitta kasbga ham 10-sinfni tugatganidan keyin bersak, shundan soʻng joylardagi rahbarlar, hokimlar 10-sinfdan 11-sinfga oʻtganidan keyin oʻzining kasbi boʻyicha 30-50 foizli oylik berib, 2 soat – 2 soat ularni ishlatsa. Bilasizlarmi, bu bilan ular hayotga qanchalik tayyor boʻladi. Agar 10-sinfni tugatganlarga 30-50 foizli oylik berib ishlatsak, u yo oliygohga boradi, yo ish bilan boʻlib adashmaydi, oʻzining yoʻlini topadi”, – deya taʼkidladi prezident.
Bundan tashqari, Mirziyoyev 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy oʻquv yurtiga kirmaganini eslab, eski tizimdan voz kechishni, darsliklar oʻzgarayotgan ekan, oʻqituvchilar ham oʻzgarishi kerakligini: “Oʻzgarmasangiz xayrlashamiz. Shuning uchun ham bugun sizlar bilan koʻrishib, gaplashyapmiz”,– deya taʼkidladi.
“Qiz farzandni, onani oʻqitsak, jamiyatni oʻqitgan boʻlamiz”, – deb Mirziyoyev nutqini davom ettirdi. Uning taʼkidlashicha, bolalarni ayollar tarbiyalaydi, shuning uchun qizlarni, onalarni oʻqitish har qachongidan ham muhim.
Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari maktabda oʻtilgan fanlar boʻyicha oʻtkazilishi boʻyicha berilgan taklif maʼqullandi. Prezident bu nomutanosiblikka barham berilib, maktabda oʻtilmagan fanlar boʻyicha savollar tuzilmasligini, bu boʻyicha topshiriq berilganini aytdi.
Albatta, maktablarda fanlar soni qisqartirilishi, taʼlim sifati yaxshilanishi muhim, ammo maktab oʻquvchilari va majburiy mehnat masalasi ham ular ichida ahamiyatlidir. Shavkat Mirziyoyev maktab oʻquvchilarini majburiy mehnatga jalb qilishning asoratlari haqida ham gapirdi. Uning aytishicha, buni taqiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish oson boʻlmagan.
“Bolalar paxtaga 7-sinfdan chiqardi. Tasavvur qiling, yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kg yukni har kuni koʻtarishga majbur edi. Shu tufayli qancha kasalliklar orttirib olinardi, baʼzi holatlarda uni davolashga ham imkoniyat boʻlmasdi.
Vaholanki, ularning qanchadan qancha orzulari bor edi, ular farzand koʻrishi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz”, — dedi Mirziyoyev.
Uchrashuv davomida prezidentga murojaat qilgan oʻqituvchilardan biri xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash uchun yetarlicha manba va mutaxassis yoʻqligi haqida gapirdi. Bu borada 1-2 oy davomida alohida oʻrganish qilinishi va manba, mutaxassislarni tayyorlash, taʼminlash borasida Xalq taʼlimi vazirligiga topshiriq berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Fransiyaning yetakchi nashriyotida nashr etilgan fransuz tili darsliklari Oʻzbekiston maktablariga joriy qilinadi
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Oʻzbekistonda oʻqituvchilar qachondan 1000 dollar oylik oladi?
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev sobiq Mudofaa vazirini nega ishdan olgani haqida gapirdi
Izohlar (0)