Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Unga koʻra Jinoyat kodeksning Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish deb nomlangan 2021-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritish koʻzda tutilgan:
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni bezorilik oqibatida yoki boshqa gʻarazli niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob yetkazish ularning oʻlimiga yoki mayib boʻlishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,- bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonun loyihasini “ Mehr va oqibat” NNT Bosh prokuraturaga 2020-yilning fevral oyida taqdim etgan edi. Nihoyat gʻisht qolipdan koʻchdi
Qonun loyihasini qabul qilish uchun yana 2 ta oʻqish bor. Deputatlarga bu borada omad tilaymiz. Zero, tabiatga, hayvonlarga nisbatan vahshiyona munosabatda boʻlganlarni jazolash, bunday huquqbuzarliklarni oldini olish bilangina biz jahon hamjamiyatida oʻzimizning munosib oʻrnimizga ega boʻlishimiz mumkin. Oʻzbekistonning tashqi imiji ham koʻp jihatdan ekologiya muammolari qay darajada yechilayotgani bilan bogʻliq deb xabar beradi ekologuz
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?

Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun

Intellektual mulk obye’ktlarini himoya qilinishi

Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi

DEPUTАTLАRNING HАYDOVCHILАR FOYDАSIGА TАSHАBBUSI

Qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi
Izohlar (0)