Oʻzbekistonda 2024-yilgacha maktab oʻqituvchilarining oyligi ming dollarga yetadi
Xalq taʼlimi vazirligi 2024-yilgacha maktab oʻqituvchilarining oyligini ming dollarga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda vazir oʻrinbosari Temur Komilov maʼlum qildi.
“Prezidentimizning topshirigʻiga koʻra, oʻqituvchilarning oyligini 2024-yilgacha xalqona tilda aytganda ming dollarga yetkazishni moʻljallaganmiz va bu masalada takliflar tayyorlanmoqda.
Qaror loyihasi ishlab chiqilgach, uni albatta, jamoatchilik, xususan, oʻqituvchi-ustozlarimiz bilan muhokama qilamiz”, – dedi Komilov 1-fevral kungi matbuot anjumanida.
Temur Komilov xalq taʼlimi tizimidagi moliyaviy qingʻirliklarga izoh berarkan, ular, asosan, naqd puldan oʻgʻirlash, ishlanmagan soatlarga qoʻshib yozish, lavozim maoshlarini notoʻgʻri qoʻllash - mutaxassisga oliy toifali oʻqituvchining stavkasida maosh belgilash, malaka-toifa sertifikatlarini qalbakilashtirib, asossiz va noqonuniy maosh qoʻshib yozish koʻrinishida amalga oshirilganini aytdi, deb xabar beradi human.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Gʻozgʻon shahriga xalq taʼlimi bo‘limi mudiri tayinlandi
O‘zbekistonda 2020-yilda eng ko‘p maosh to‘langan mutaxassisliklar
Ilon Mask dunyoning eng boy odamiga aylandi
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi
Izohlar (0)