Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4987-son, 11.02.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2021 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2021 - yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Hindiston va Xitoy chegarasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi
Myanmada Facebook nima sababdan bloklandi?
“Uzoq muddatli toʻxtash joyi”
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Izohlar (0)