JORIY YILDA IS GAZIDAN VAFOT ETGANLAR BOR
Har yili qishki mavsumda mutasaddilar tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlarining olib borilishiga qaramay, nosoz, qo‘lbola moslamalardan foydalanish hollari uchrayotgani tashvishlanarli hol. Chunki buning oqibatlari keltirib chiqarayotgan yo‘qotishlarga befarq qarab bo‘lmaydi. Vaziyatga siyosiy doirada ham munosabat bildirildi.
Shavkat Mirziyoev raisligida qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida joylarda is gazidan zaharlanish va chaqnash holatlari uchrayotgani haqida alohida taʼkidlandi, deya O‘zа muxbiri xabar berdi.
Joriy yilning o‘tgan davrida bunday noxush holatlar oqibatida 106 nafar fuqaro vafot etgan, 190 nafari zaharlangan va kuyish tan jarohati olgan. Jumladan, yaqinda Yangiyo‘l tumanida 3 nafar fuqaro is gazidan olamdan o‘tgan.
Prezidentimiz yangi yil bayrami kunlari yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish va chaqnashlar bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha mutasaddilar hushyorlikni yanada oshirishi kerakligini taʼkidladi.
Darhaqiqat, bayram hech kimning hayotida musibatga aylanmasin. Хalqimizga quvonchli onlarni taqdim etadigan yangi yil kunlarini xursandchilik bilan betalofat kutib olishimiz bizdan ogohlikni talab etishini unutmaylik.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
DEPUTАTLАRNING HАYDOVCHILАR FOYDАSIGА TАSHАBBUSI
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
Izohlar (0)