Samarqand va Navoiyda koronavirusga qarshi maxsus ochilgan markazlar nima sababdan yopildi?
Foto: Illyustratsiya / Toshkent shahar hokimligi
Respublikamizdagi pandemiya bilan bogʻliq vaziyat barqaror, kasallikka chalinish holatlari kun sayin kamayib bormoqda, shifoxonalar yopilmoqda yoki konservatsiya qilinmoqda. Shu sabab ham Samarqand va Navoiyda koronavirusga qarshi maxsus ochilgan markazlar toʻliq yopildi, deb xabar beradi SVV.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda pandemiya sharoitida koronavirusga qarshi respublika boʻylab maxsus ochilgan yoki moslashtirilgan 159 ta markazdan faqat 12 tasi qolgan.
Shuningdek, vazirlik vakili Zangiotadagi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kompleksining qayta ochilgani haqidagi xabarlarga ham oydinlik kiritdi.
“Zangiotadagi 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining “A” blogi toʻligʻicha konservatsiya qilindi , yaʼni zarur holatda tezkor ishlashga shay holatda yopildi. Umumiy hisobda 700 nafarga yaqin kishi davolanayotgan bu kompleksdagi aksariyat bemorlarda PZR testlar natijasida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan. Koʻpchilik koronavirusga shubha bilan borib, boshqa mavsumiy kasalliklardan davolanyapti», – dedi SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi
JSST koronavirusga qarshi vaksinalar bepushtlikka olib kelishi haqidagi mish-mishlar nechogʻlik toʻgʻri?
Yaponiya koronavirusga qarshi million doza vaksinani tashlab yuborishga majbur
Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi
Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan shifokor nima sababdan sudga berildi
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Izohlar (0)