Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda sanoat miqyosidagi ilk quyosh elektrostansiyasi ishga tushiriladi
Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda sanoat miqyosidagi ilk quyosh elektrostansiyasi ishga tushiriladi, deb xabar beradi Batafsil.uz.
Masdar (BAA) kompaniyasi Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Karmana tumanida quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishini davom ettirmoqda. 100 MVtli stansiyani qurish loyihasi davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur elektr stansiyasining ishga tushirilishi 2021-yil oktyabr oyiga moʻljallangan. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan sanoat miqyosidagi birinchi elektr stansiyasi boʻladi.
Stansiyada har yili quyosh energiyasidan hosil boʻladigan 270 gigavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, bu 31 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun yetarli boʻladi. Bundan tashqari, uning ishlashi evaziga yiliga 156 ming metrik tonna issiqxona gazlarining atmosferaga chiqarilishining oldi olinadi.
Bu yerda Navoiy shahridan 35 kilometr sharqda joylashgan 268 gektar uchastkada 300 ming dona fotoelektrik panellar oʻrnatiladi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston oʻz elektr energiyasining 85 foizini issiqlik elektr stansiyalaridan oladi. Yangi loyiha tufayli mamlakat tabiiy gaz va koʻmirga qaramligini kamaytirish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, yangi stansiya qurilishi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni oshiradi va elektroenergiya ishlab chiqarilishiga katta hissa qoʻshadi. Taxminlarga koʻra, buning natijasida elektroenergiya ishlab chiqarish 2019-yilgi 65 ming gigavatt-soatdan 2030-yilga borib 103 ming gigavatt-soatgacha yetadi.
Masdar kompaniyasi 25 yil davomida bir kilovatt-soat elektroenergiyani bor-yoʻgʻi 2.679 sent evaziga yetkazib berish majburiyatini olgan. Bu ayni kunlarda Markaziy Osiyoda quyosh energiyasi uchun eng arzon narx hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan “Nur Navoi Solar” loyiha kompaniyasi 2046-yilgacha elektroenergiyani yuqorida koʻrsatilgan narx boʻyicha sotib keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QUYOSH BATAREYALARIDAN FOYDALANISH VAQTI KELMADIMI?
Quyosh energiyasini ishlab chiqarishning imkoni bormi?
Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi
Sarez koʻli Oʻzbekiston uchun qanday xavf tugʻdiradi?
“Yangi-Angren” IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Izohlar (0)