Gaz ballonlarga stikerlar oʻrnatildi
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali balansida boʻlgan 86 862 ta maishiy gaz ballonning barchasiga maxsus kodli stiker oʻrnatilgan koʻrinishda isteʼmolchilarga yetkaziladi. Bu haqda gaz taʼminoti matbuot xizmati xabar beradi.
Keyingi bosqichda isteʼmolchilarga maxsus kartalar berilib, suyultirilgan gaz taʼminoti tizimi toʻliq onlayn nazorat qilinishi rejalashtirilgan. Yaʼni, ushbu kartalar orqali bitta isteʼmolchiga tegishli tartibda faqat bitta gaz ballon berilishi taʼminlanadi. Suyultirilgan gaz uchun maxsus toʻlov borasida va gaz ballonlarning reja-grafik asosida tarqatilishida muammolar yuzaga kelmaydi. Taʼminot toʻliq atomatlashtirilgan tizimga oʻtadi.
Ayni vaqtda isteʼmolchilarga yil boshidan buyon 2 597 tonna 860 kg suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 3007 ta maishiy gaz ballon orqali “aylanma” usulda xizmat koʻrsatilmoqda.
- Suyultirilgan gaz taʼminotida avtomatlashtirilgan tizim toʻliq ishga tushgandan soʻng, har bir gaz ballonga oʻrnatilgan stiker orqali oʻsha gaz ballon haqida bazaga onlayn maʼlumot qabul qilib boriladi. Yaʼni, isteʼmolchiga gaz ballon qaysi muddatda yetkazilgan va isteʼmolchi qancha toʻlov amalga oshirgani avtomatlashtirilgan tizim orqali aniqlanadi. Agar oʻrnatilgan stikerga isteʼmolchi tomonidan tashqi taʼsir yetkazilsa, oʻsha gaz ballon haqidagi maʼlumot avtomatik ravishda toʻxtaydi va bu qator ovoragarchiliklarga sabab boʻlishi mumkin, - deydi “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali masʼul xodimi Ulugʻbek Nurimov.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
7 mingta noqononiy holat aniqlandi
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Samarqand va Navoiyda koronavirusga qarshi maxsus ochilgan markazlar nima sababdan yopildi?
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
“Open public service” tadbirida
Izohlar (0)