Bu yilgi test sinovlari ham stadionlar va xiyobonlarda oʻtkazilishi mumkin

Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayevning aytishicha, ayni paytda Davlat test markazi tomonidan testlarni oʻtkazish boʻyicha ikki xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda;
Test sinovlarini anʼanaviy shaklda katta sigʻimli binolarda oʻtkazish.
Pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020-yildagi kabi ochiq maydonlarda oʻtkazish.
Buning uchun test sinovi oʻtkaziladigan joylar tanlanib, reja-chizmalari tayyorlandi. 50 460 nafar abituriyent uchun moʻljallangan 103 ta katta sigʻimli yopiq bino, 60 570 nafar abituriyentga moʻljallangan 66 ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.
Mirzayev, shuningdek, abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berish va ularni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan masʼul vazirlik va idoralar bilan imtiyozlar reyestri shakllantirilayotganini qoʻshimcha qildi.
Buning uchun Davlat test markazi tomonidan maxsus platforma ishlab chiqilgan va tegishli vazirlik va idoralarga imtiyozlarni kiritish uchun kerakli maʼlumotlar taqdim etilgan, deb xabar beradi Hudud inform kanali
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Oʻzbekistonda abituriyentlar cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi

Test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanmoqda

Joriy yilda OTMlarga kirish uchun test sinovlari beshta fandan oʻtkaziladi

JORIY YILNING 25-DEKABRDAN O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISH PULLI BO‘LADI. SABABI …

Niderlandiyada sayyohlar soxta COVID testlari bilan qo‘lga tushdi

Jizzaxda koronavirus testlarini hujjatsiz sotayotgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi
Izohlar (0)