“Tovlamachi ona” qo’lga olindi
Qizining sha’nini pullamoqchi bo‘lgan “tovlamachi ona” qo’lga olindi.
Toshkent shahri, Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga 46 yoshli fuqaro Shavkat U., ariza bilan murojaat qilib, unda 45 yoshli Zulfiya А., qizi Madina R., bilan uning o‘g‘li Doston U., o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga 600 АQSh dollar pul talab qilib, 480 АQSh dollar va 1 050 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olganidan so‘ng yana unga 500 АQSh dollar berishini talab qilib, 2021 yilning 15 mart kuni soat 13:00 larda Chilonzor tumani Chilonzor metro bekati oldida Zulfiya А., qizi Madina R., bilan ushbu pullarni Shavkat U.,dan olayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Zulfiya А., va Madina R.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi zamon.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)