”Buyuk ipak yoʻli” boʻylab velotur amalga oshiriladi

Taniqli niderlandiyalik sanʼat va madaniyat arbobi Burxoniddin Charlak Oʻzbekiston, Tojikiston va Afgʻoniston hududidan oʻtuvchi velotur marshruti loyihasini ishlab chiqdi.
“Dunyo” axborot agentligi xabar berishicha, «Rumiy izi» deb nomlangan veloturning umumiy uzunligi 1,433 km masofani tashkil etadi va u Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini kesib oʻtadi.
Oʻzbekiston hududi orqali taklif etilayotgan marshrut natijasida mamlakatimizning qadimiy Ipak yoʻlida joylashgan shaharlari velotur ishtirokchilarida katta taassurot qoldiradi.
«Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yorqin davlatlardan biridir, – deb yozadi Burxoniddin Charlak. – Albatta, koʻp odamlar Buyuk ipak yoʻli haqida eshitgan. Lekin Ipak yoʻlida hali koʻpchilikka nomaʼlum ajoyib, goʻzal shaharlar bor. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlardagi minora va masjidlarning goʻzalligi sizni maftun qiladi. «Rumiy izi» velosafari davomida siz jahon madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlasiz».
Velotur ishtirokchilari noyob sovgʻalar xarid qilish, samimiy va mehmondoʻst savdogarlar bilan muloqot qilish, qolaversa, poytaxt Toshkentda zamonaviy megapolisning meʼmorchilik durdonalari, goʻzal binolari va metro bekatlaridan biri bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ipak qurti urugʻlari keltirildi
Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun
Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan
2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi
900 trln! MB banklararo toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqida maʻlumot berdi
Yurtimizda pullik trassalar quriladi
Izohlar (0)