Oʻzbekistonda robot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifi muhokama qilindi
«Oʻzeltexsanoat» uyushmasi raisi M.Yunusov ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish hamda robotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Eidos robotics” MCHJ korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.
Korxona Skolkova innovatsion parkining rezidenti boʻlib, Rossiyadagi yetakchi robot ishlab chiqaruvchi sanaladi. Asosiysi korxona tomonidan faqatgina robotning xarid qismi emas, balki soft qismi ham ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasida robototexnikani rivojlantirish hamda korxonalarda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish toʻgʻrisida muzokara olib borildi.
Uyushma boshqaruv raisi korxona bilan Oʻzbekistonda robot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifini oʻrtaga tashladi. Hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun korxona rahbariyati Toshkentga taklif qilindi. Shuningdek, uyushma qoshida robototexnika kurslarini tashkil etish uchun oʻquv robotlari olish taklifi bildirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Rossiya Oʻzbekiston “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadigan kompaniyani tanlashini kutmoqda
Boshqa kompaniya brendidan foydalanib tuz sotgan korxona aniqlandi
Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi
AstraZeneca vaksinasi bekor qilinadi
Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Quyosh energiyasini ishlab chiqarishning imkoni bormi?
Izohlar (0)