Boshqa kompaniya brendidan foydalanib tuz sotgan korxona aniqlandi

Xorazm viloyatida “Xonqa billur salt” oʻzbek-turk qoʻshma korxonasiga tegishli “Saodat” osh tuzi mahsulotiga oʻxshash brend va qadoqda tuz ishlab chiqarib sotayotgan korxona aniqlandi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, “Sadaf” osh tuzi nomi bilan tuz ishlab chiqarib sotayotgan “Shovot white salt” xususiy tadbirkorlik subyekti raqobatga oid qonunchilikni buzgani aniqlangan. Ayrim xaridorlar “Sadaf” tuzini “Saodat” deb oʻylab sotib olgan va sifatsizlik boʻyicha eʼtirozlarini “Saodat”ga yoʻllagan.
Qayd etilishicha, bu holat isteʼmolchilarni adashtirishi mumkinligi tasdiqlangan va tegishli tashkilotlar tomonidan “Sadaf”ni ishlab chiqarishni toʻxtatish boʻyicha majburiy koʻrsatma berilgan. Koʻrsatma bajarilmasa, ish javobgarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun sudga yuboriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Jizzaxda koronavirus testlarini hujjatsiz sotayotgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi

Yaponiya koronavirusga qarshi million doza vaksinani tashlab yuborishga majbur

Rossiya Oʻzbekiston “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadigan kompaniyani tanlashini kutmoqda

Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?

2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi
Izohlar (0)