Televizor koʻrmaslik nimalarga imkon beradi?
Bir yildan beri televizor koʻrmaslikka harakat qilyapman. Boʻsh vaqtlarim qiziqishlarimga koʻra koʻproq kitob oʻqish va internetta mavjud materiallar bilan tanishish ila oʻtmoqda.
Soʻng astrofizikaga qattiq qiziqa boshladim. Qora tuynukni ilk bora asl surati paydo boʻlganida xuddi jamoasi gol urgan futbol ishqibozi kabi xursand boʻldim. Chunki qora tuynuklarning borligi va ularning koʻrinishi aynan bizning hisob kitoblarga mosligi odamzodning katta ilmiy yutugʻi edi. Endi esa borliqning 25 foizini tashkil qiladigan biz koʻrib, ushlab, his qilib bilmaydigan, faqatgina atrofidagi gravitatsion kuchdangina hisoblash, oʻlchash mumkin boʻlgan qora materiyalar ustida chuqurroq izlanish zarur.
___________________________________________________________________
Shuningdek yadroviy fizika, neyrobiologiya va etnobotanika ham menga juda qiziq. Lekin bu fanlarni jiddiy oʻrganish uchun fundamental bilimlarimni oshirish talab etiladi. Hozircha esa qiziqish doirasida oz-oz boʻlsa ham oʻrganib turipman.
Bir yillik “televizorsizlik” menga nimalarga qiziqishmini eslatdi, bolalikda boʻlgan hozirda soʻnishga ulgurgan tadqiqotchi instiktini uygʻotdi, oʻzligimni anglashga yordam berdi. Ommaviy fikrlash mexanizmi va didini qoʻpol shakllantirayotgan televizordan saqlanish menga koʻp narsa tuhfa etdi.

Miyani yechib qoʻyib, uni televizionshiklar qoʻliga topshirib qoʻymang. Televizor umuman koʻrmang. Bolalikdagi, oʻsmirlikdagi qiziqishlarni eslang. Hamma nimagadir qiziqqan. Kim geografiyaga, kim kimyoga kimdir esa tarixga. Shu qiziqishlarni davom ettirib bilim darajangizni kengaytiring. Inson sifatida, bolalikdagi oʻsha koʻp savol berib kattalarni charchatgan kichik tadqiqotchi barchamizni ichimizda hanuz yashaydi. Soʻnggan kichik orzularingizni roʻyobga chiqaring.
Egamberdiyev Abdurahmon
Televizorsizlik menga asl qiziqishlarim bilan shugʻullanishga imkon berdi. Ommaviy tarzda jamiyat didining buzilishida ishtirok etishdan saqladi. Ilgari oʻzim koʻp savol bergan mavzular boʻyicha ilm ola boshladim. Avvaliga siyosat va sotsiologiya boʻyicha internet resurslarida mavjud eng zarur adabiyot va materiallar bilan tanishdim. Keyinchalik paleontologiya oʻtdim. Toshda qotgan, yoʻqolib ketgan xayvon turlari meni juda qiziqtirdi. Ular qanday boʻlgan, qanaqa yashagan, nega yoʻqolib ketgan, xullas juda qiziq fan.
Soʻng astrofizikaga qattiq qiziqa boshladim. Qora tuynukni ilk bora asl surati paydo boʻlganida xuddi jamoasi gol urgan futbol ishqibozi kabi xursand boʻldim. Chunki qora tuynuklarning borligi va ularning koʻrinishi aynan bizning hisob kitoblarga mosligi odamzodning katta ilmiy yutugʻi edi. Endi esa borliqning 25 foizini tashkil qiladigan biz koʻrib, ushlab, his qilib bilmaydigan, faqatgina atrofidagi gravitatsion kuchdangina hisoblash, oʻlchash mumkin boʻlgan qora materiyalar ustida chuqurroq izlanish zarur.
___________________________________________________________________
Shuningdek yadroviy fizika, neyrobiologiya va etnobotanika ham menga juda qiziq. Lekin bu fanlarni jiddiy oʻrganish uchun fundamental bilimlarimni oshirish talab etiladi. Hozircha esa qiziqish doirasida oz-oz boʻlsa ham oʻrganib turipman.
Bir yillik “televizorsizlik” menga nimalarga qiziqishmini eslatdi, bolalikda boʻlgan hozirda soʻnishga ulgurgan tadqiqotchi instiktini uygʻotdi, oʻzligimni anglashga yordam berdi. Ommaviy fikrlash mexanizmi va didini qoʻpol shakllantirayotgan televizordan saqlanish menga koʻp narsa tuhfa etdi.
___________________________________________________________________
Miyani yechib qoʻyib, uni televizionshiklar qoʻliga topshirib qoʻymang. Televizor umuman koʻrmang. Bolalikdagi, oʻsmirlikdagi qiziqishlarni eslang. Hamma nimagadir qiziqqan. Kim geografiyaga, kim kimyoga kimdir esa tarixga. Shu qiziqishlarni davom ettirib bilim darajangizni kengaytiring. Inson sifatida, bolalikdagi oʻsha koʻp savol berib kattalarni charchatgan kichik tadqiqotchi barchamizni ichimizda hanuz yashaydi. Soʻnggan kichik orzularingizni roʻyobga chiqaring.
Hayoti turk seriali, lotoreya, qorin va toʻy dardidan nariga oʻtmaydigan yarim odam yarim sabzavotga aylanishdan saqlaning. Internetga prikol videochalar va porno uchungina kiradigan, tarmoqdan vaqtni oʻldirish uchungina foydalanadigan shaxsga ham aylanmang.
Oʻqing, oʻrganing, ilm izlang. Bir joyda toʻxtab qolmaslik uchun aqliy harakat qiling.
Egamberdiyev Abdurahmon
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)