Har haftada bir kitob
Ulugʻ yozuvchimiz Asqad Muxtor aytganidek, kitob yigʻilgani emas, oʻqilgani bilan foydadir. Bu soʻzlar Navoiy shahar 7-maktabning 6 - sinf oʻquvchilarini befarq qoldirmadi, albatta. Ular “Har haftada-bir kitob” tanlovi asosida hash-pash deguncha oʻn toʻqqiz kitobni oʻqib quyishdi. Chet el yozuvchilaridan Paulo Koeloning “Alkimyogar”, oʻzbek yozuvchilaridan Alisher Navoiyning “Xamsa” asari, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Besh bolali yigitcha”, Chingiz Aytmatovning “Oq kema”, Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” va boshqa kitoblarni oʻqib tugatishdi. Axir aytishadiku, “Yoshlikda olingan bilim - toshga oʻyilgan naqsh kabidir”. Bu oʻrinda ona tili va adabiyot oʻqituvchilarining oʻrni beqiyos. Ularni bu borada qiziqtirishga undayotgan Karimova Nafisa opani savolga tutdik.
-Siz qanday oʻquvchilarni oʻqishga jalb qilyapsiz?
-Har bir kitobni uyga vazifa qilib berganimda, albatta, shu kitob haqida videorolik tayyorlayman.Unda mazmuni va kulminatsion nuqtalarini aytib oʻtaman.
Albatta, biz ming bor eshitgandan bir koʻrgan afzal bildik. Tadbirda bir kitob 3 bosqichda savol-javob qilinadi. 1-bosqichda oʻquvchilar oʻzaro savol - javob qilinib, 35 nafar oʻquvchidan 20 nafar olinadi. 2-bosqichda oʻqilgan asar boʻyicha test qilinadi va 10 nafar bola qoladi. 3-bosqichda 10-nafar oʻquvchidan savol-javob tariqasida 3-nafar oʻquvchilar saralab olinar ekan. Har hafta maktab maʼmuriyati Poʻlatova Oysulov opa gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga kitoblar sovgʻa qiladilar. Ularning bu jonkuyarligi, hamsuhbatligi-yu, mehribonligini aytmasak ham boʻlmaydi. Oʻqimagan insongayam psixologik taʼsirlari ishonch, kuch yanada koʻproq oʻqishga daʼvat etadi. Bunday yetuk, maʼnaviyatli oʻqituvchilar jamiyatga zarur.
Navoiy shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabi
11-sinf o'quvchisi Marjona SUVONOVA
11-sinf o'quvchisi Marjona SUVONOVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)