Maxfiy retsept
Pomidor koʻchatlarini allaqachon oʻtqazib boʻlgandirsiz. Ammo bilib qoʻysangiz yaxshi. Permlik Svetlana sizga bu haqda “Zelyonыye istorii” kanali orqali ulashadi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida gullar, mevalar va sabzavotlar yetishtiradi.
200 ml. idishga pomidor urugʻini bir nechtasini ekib qoʻyamiz. Kimyoviy preparat – “Atlet”dan foydalanmaymiz. Chunki bu qoʻpol unsur, koʻchatlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
“Siyraklashdan keyin ingichka va yoʻgʻon pomidor koʻchatlarini idishlarga qanday oʻtqazish haqidagi mening tajribalarim muvffaqiyatli chiqdi. Bu haqda yuqori tajribaga ega boʻldim va kerakli retsept yaratdim. Men bu sirni hech kimga aytmaganman. Chunki, oldin kamida 3 yil ketma-ket natijalarni sinab koʻrmoqchi edim”, deydi Svetlana.
Sifatli pomidor koʻchatlarini yetishtirish uchun ozuqa moddalarining muvozanati kuzitaladi. Doʻkondan sotib olingan har qanday tuproq shunchaki elementlardan – azotga boy.
Sotib olingan tuproqda azot bir necha borabor koʻp boʻlishi mumkin. Shu bilan birga kaliy, magniy va kalsiy deyarli yetishmaydi. Temir va bor unsurlari haqida oʻylab ham koʻrganingiz yoʻq.
"Pikirovka"dan so'ng...
Shunga koʻra, pomidor koʻchatlarini siyraklagandan soʻng, ozuqa balansini taʼminlashdir. Faqat ushbu omil haddan tashqari oʻsish jarayonini toʻxtatishi va pomidor koʻchatlarini tanasi va ildizlarini kuchaytirishi mumkin.
Buning uchun quruq choy barglar va oʻtin kulini ishlatish mumkin. 10 tup koʻchat uchun 200 gr damlangan choy va 3 qoshiq oʻtin kulini aralashtirib, koʻchatlarga teng miqdorda qoʻyib chiqish zarur.
Choy damlamasi foydali elmentlarga juda boy. U kaliy, magniy,temir, bor elementlariga juda boy. Kul fosfor va kaliyga juda boy. Kul kalsiyning asosiy manbasi hisoblanadi. Xuddi mana shu element pomidor koʻchatlari ildizini kuchli shakllanishiga javobgar. Pikirovka – siyraklash vaqti har qanday mahalliy oʻgʻitdan foydalanish mumkin.
Koʻchatlarni idishlarga oʻtqazish vaqtida ushbu aralashmadan foydalanish zarur. Aralashma pomidor koʻchatlari ildiz tizimini jadal rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi.
Bu usulda parvarishlash sizga bir necha hafta ichida koʻchatlarning yeng kuchli tanasini olishga imkon beradi. Oʻsimlik sogʻlom boʻladi va toʻgʻri rivojlana boshlaydi.
Choy damlamasining yana bir oʻziga xos xususiyati bor – u juda koʻp miqdordagi suvni singdirib, soʻngra uni asta-sekin ildiz tizimiga yuborishga qodir. Shuning uchun koʻchat uchun namlik muvozanatini taʼminlaydi.
Koʻchatlar shu tarzda parvarishlаsa hosil kutganday olinadi.
Pomidor uchun kuzda tuproqni toʻyintirib qoʻyishini unutmang.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
ISSIQXONALARIMIZDAGI FITOSANITAR HOLAT QANDAY?
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
«Yapon moʻjizasi»dek ishlay olamizmi?
Shifokorlar nima sababdan juda yomon yozishadi?
Polshada Gitlerning kitobi bosmadan chiqdi
Izohlar (0)