Investitsiya va eksport sohalaridagi natijadorlik bugungi kun talabiga mosmi?

Mamlakatimizda olib borilayotgan faol investitsiyaviy siyosat iqtisodiyotimizni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻtgan yillarga nazar tashlaydigan boʻlsak, 2017-yildan boshlab barcha manbalar hisobidan 716 trillion soʻm (83 milliard dollar) yoki oldingi davrga nisbatan 2 baravardan ziyod investitsiyalar oʻzlashtirilgani maʼlum boʻlmoqda. Shundan qariyb 27 milliard dollarini xorijdan jalb qilingan mablagʻlar tashkil etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-iyun kuni investitsiya va eksport sohalaridagi ishlar natijadorligi, yil yakunigacha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida shu xususda fikr yuritildi. Shuni alohida qayd etish oʻrinliki, oʻzlashtirilgan investitsiyalarning deyarli 65 foizi sanoat va infratuzilma loyihalariga toʻgʻri kelmoqda. Bu esa soʻnggi 4 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 25 foizdan 33 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi esa 1,3 baravarga oʻsganini koʻrsatmoqda.
Yaʼni ajratilayotgan mablagʻdan unumli foydalangan holda ish oʻrni yaratish qay darajada? Bu haqda fikr yuritganda, ajratilgan har bir milliard soʻm evaziga Namanganda 12 ta, Andijonda 11 ta, Navoiy va Sirdaryoda 8-9 tadan yangi ish oʻrni yaratilgan. Bu koʻrsatkich Buxoro, Samarqand va Xorazmda 6-7 ta, Qashqadaryo va Fargʻonada 5 taga toʻgʻri kelyapti. Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida esa atigi 3-4 tani tashkil etayotgani chukur tahlil qilindi. Yoki Toshkent viloyatiga soʻnggi 4 yilda yoʻnaltirilgan 950 million dollar xorijiy investitsiya va bank kreditlari hisobiga atigi 40 mingta yangi ish oʻrni ochilgan. Yaʼni bir ish oʻrni 24 ming dollarga tushyapti. Namangan viloyatida esa 2 baravar kam mablagʻ sarflanib, 52 mingta ish oʻrni ochilgan.
Bu tahlillardan koʻrinib turibdiki, biz ajratilayotgan investitsiya evaziga natijadorlikni taʼminlasakkina, iqtisodiy barqarorlik yaratiladi, hududlarda yangi ish oʻrinlari ochish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yuzaga keladi. Buni nafaqat soha vakillari balki, senatoru deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ham yaxshi bilishlari hamda bu jarayonni rivojlantirishga oʻzlarining hissasini qoʻshishlari lozim.
Hazratqul Xoʻjamqulov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Nega Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti?
Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Toshkentda viloyatida taniqli brendlarning sport kiyimlari ishlab chiqarilishi mumkin
Izohlar (0)